Sahifa yuklanmoqda . . .


Qaro tunda — Boysun tog‘ida...

Qaro tunda — Boysun tog‘ida
Uchta do‘stim yoqadi gulxan.
Va gulxanning tegarasida
Qorong‘ulik zich tortar birdan.
Archalarning tinch shoxlarida
Lipillaydi goh nur, goh kecha.
Daralarning adog‘larida
Tosh oralab, otlar suv kechar,
Xayol ichra tinch oqar suhbat —
Savol uxlar, mizg‘iydi javob.
Tog‘ bag‘rida tog‘larni qo‘msab,
Uchta do‘stim ichadi sharob.
Shahardan bu yiroq osmonda
Hamma yulduz porlog‘-u yirik.
Qorli tog‘lar sokin bu onda
O‘sishadi osmonni yirib.
Yuraklardan ketar iztirob,
Yuraklarga kiradi ko‘klam.
Uchta do‘stim — uch podshoh shu tob —
Ular meni eslashmaydi ham.
Uchta do‘stim yoqadi gulxan,
Xuddi tushday oqar so‘zlari...
Keng falakda omonat turgan
Yulduzimga tushmas ko‘zlari...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 18-Mayda yuklangan

43 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tun tog' boysun do'st gulxan nur kecha suv
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari