Sahifa yuklanmoqda . . .


Sokin sehr anhor bo‘yida...

Sokin sehr anhor bo‘yida.
Horg‘in Layli — kuz kezar behush.
Men xazonni quvdim o‘yimdan,
Baxt haqida ko‘rdim yashil tush.

Ha, sarobga o‘zni topshirdim,
Sezdim qismat yovuqligini
Va kaftimda his qilib turdim
Qo‘llaringning sovuqligini.

Tasallilar so‘ylading karaxt,
Mayin kuylab ko‘rgazding karam:
— Tushingga ham qaytib kirmas baxt,
Uyg‘onmagin, mening bechoram...


 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 21-Mayda yuklangan

44 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sehr anhor kuz xayol layli majnun baxt tush
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari