Sahifa yuklanmoqda . . .
On - Asarlar - on so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Sizning vaqtingizni olmayman bekor, Axir, har bir satr so‘mli, tiyinli... Ammo she’r so‘ngida bir savolim bor: Vijdon bilan yashash shuncha qiyinmi?
Bu dunyodan ketganimmi, Bu dunyoga qaytganim, Tillarimdan to‘kilgan so‘z — Boychechakning aytgani.
Sen haqingda ko‘p gapiradilar — U go‘zal, deydilar. So‘zlari asal, deydilar. Men esa jamoling ta’rifini Hatto she’rimga ham sig‘dirolmayman
Bizning dilimiz — yorda. Bizning qo‘limiz — korda, Koru yordan ayrilar — Torting boshimiz dorga! Torting boshimiz dorga!
Tovusday yaltiroq, ey go‘zal yirtqich! Mana, ko‘ksimni yirt, mana, qonim — ich! Ko‘yingda shamolday jismim sovrilgan, Falakda yangi oy — mening qovurg‘am...
Kuzakning besohib kechalarida Izg‘irinlar yelar, yomg‘irlar ezar... Dunyoning ho‘lzulmat ko‘chalarida, Tentirab kezinar yolg‘iz deraza.
Bahodir, men sen bilan suhbatdosh bo‘lgandim. Dunyolarni dengizday yuragingga cho‘ktirib qo‘yganding... Ammo, o‘zing Amudaryoga cho‘kib ketganding. Ukam, shu she’rni senga bag‘ishladim. Malika, men seni ko‘rganim yo‘q. Sen o‘z sevgingga g‘arq bo‘lding... Singlim, shu she’rni senga bag‘ishlayman.
Tong chog‘i tun bilan kunduz uchrashdi, Tunda armon bilan yulduz uchrashdi, Bahor bilan kuzak — baxtxush uchrashdi, Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Kun botib, oy chiqqanda, Oyday go‘zal juvonni Osmon kabi bag‘rimga Bosib, balandlab ketdim...
Derazaning pardasin surib, Tongda boqdim ufqqa bekor... Men bilmabman beparvo yurib, Tog‘ boshiga qor tushibdi, qor.
"Paxtakor"ning halok bo‘lgan o‘yinchilari xotirasiga. Yomg‘irlar quyadi. Qor o‘tar yog‘ib... Men-chi, topganim yo‘q, hanuz yupanch so‘z.
Qarsaklar yog‘ildi mening sha’nimga. Zarb!.. Zarb!.. Darvozabon tosh kabi qotdi. Bir surur hayqirib kirdi tanimga, Stadion o‘zin falakka otdi.
Ko‘kda uchar qirqta kabutar, Bir o‘spirin yugurar yerda. Qushlar bilan manzillar o‘tar, O‘tib borar daladan, qirdan.
Oh, qanotli yaralganlar Yetmagaylar falakka... Ona, mening qanotimni Bo‘ron toldirgani yo‘q...
Ona, kelganingizda Ko‘ylak olib bermadim... Pulim yo‘q edi, ona...
Qush baland uchardi, Juda ham baland. Qanoti bor edi qushchaning, yohu! Ammo koinotga boqib bepisand, Yerda bir yurmoqni qilardi orzu.
O‘t yoqdim. Tutashdi shoxu shabada — Gulxanda lang yondi tunning parchasi. Boqdim — qorong‘ulik yotar dunyoda, Mening qarshimda-chi, kunning darchasi.
Dedilar: yashamoq — umrlik kurash... Kurashdim — shon uchun, rizqu ro‘z uchun. Kurashdim sevgi deb — ko‘ksimda otash, Kurashdim — qush kabi erkin so‘z uchun.
Tunni tong o‘ldirdi, Tongni shom o‘ldirdi. Shomni bo‘g‘di tun... Nima uchun?..
Qizil chiroq — yo‘l yo‘q. To‘xtagin! Qizil chiroq — eshiklar yopiq. Nima qilay — meni sevmading, Qizil chiroq ko‘zingda yoniq.
Shamolning bag‘rida bog‘man — devorim yo‘qqa o‘xshaydir, Dovullar silkitib ko‘rdi — g‘uborim yo‘qqa o‘xshaydir. Bu sahrodir mening qasdimda har dam bostirib kelgon, O‘zimman bir biyobonda — qatorim yo‘qqa o‘xshaydir.
Xiyonatning yuzi chiroyli, Lablarida mayin tabassum, So‘zlari ham samimiy — Ayni Sadoqatday kamtar, kamsuqum.
Chopqir-chopqir yellarga Havas qilgandim, ammo Toshga oyoq qo‘ysam ham Tizgacha botib ketdim.