Sahifa yuklanmoqda . . .


Tong chog‘i tun bilan kunduz uchrashdi...

Tong chog‘i tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,
Bahor bilan kuzak — baxtxush uchrashdi,
Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Bulut zamin bilan yig‘lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg‘ab uchrashdi.
Visol hijron bilan minglab uchrashdi,
Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

O‘lik zil tuproqni otdi ko‘tarib,
G‘ofil tiriklarni topdi axtarib,
Yo‘qlik va borliqni oralab, g‘arib —
Boshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Sarxush ari bilan uchrashdi gullar.
Erka shodlik bilan uchrashdi munglar,
Nigohlar, bag‘irlar, lablaru qo‘llar,
Qoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Yoningda turibman dalli devona,
Yorim-a, ketdimi ishq yona-yona?
Men seni quchaman... Sovuq, begona —
Loshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Aprelda yuklangan

130 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
uchrashuv ayriliq sog'inch hijron dunyo tong tun visol
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari