Sahifa yuklanmoqda . . .


Yangilanish

Bu dunyodan ketganimmi, Bu dunyoga qaytganim, Tillarimdan to‘kilgan so‘z — Boychechakning aytgani. Xazonrezli boqqa boqib, Yoshga to‘lar ko‘zlarim — Nahot, g‘amgin bu qo‘shig‘im Xazonlarning so‘zlari. Anglayapman: hayot — buyuk, O‘lim — dahshatli narsa... Bu hikmatni men topdimmi, Senmi, sarg‘aygan maysa? Yorab, qay kun bargday yashnoq, Umrimni qafas bildim. Qaro tuproq ostidagi Ildizni havas bildim...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

31 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dunyo hayot o'lim inson barg xazon chechak ildiz
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari