Sahifa yuklanmoqda . . .


"Ha"— oson...

"Ha"— oson.
"Yo‘q""— qiyin.
Umr esa bitta.

"Ha"— yolg‘on.
"Yo‘q"— vijdon.
Umr esa bitta.

"Ha"— faqat o‘pkang qoladi ko‘ksingda.
"Yo‘q"— faqat yuraging.

U "yo‘q" dedi.
Chunki
Aniq bilardi
Umri bitta ekanligini.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Aprelda yuklangan

54 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ha yo'q umr oson qiyin o'pka yurak vijdon
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari