Sahifa yuklanmoqda . . .


Mangu yo'l

Qizil chiroq — yo‘l yo‘q. To‘xtagin!
Qizil chiroq — eshiklar yopiq.
Nima qilay — meni sevmading,
Qizil chiroq ko‘zingda yoniq.

Yulduz kimga kerak, Ulug‘bek?
Bevaqt boqding samoga chanqoq.
Sezmaysanmi: samo yo‘li berk,
Kurrai arz — qip-qizil chiroq.

Qanday qilib uchding, Gagarin,
Boqardi-ku, boshingdan mudroq,
O‘rgatgancha yashash tartibin,
Falak — ulkan, qip-qizil chiroq.

Ko‘zlarimga kelmaydi uyqu,
Yiqilaman, qilaman parvoz.
Yuragimga soladi g‘ulu
Qizil chiroq — qorday oq qog‘oz.

Boshliq, senga qilishar ta’zim,
Ichlarida so‘kishar biroq.
Rost gap degan telba to‘lqin, jim!
Mansab! Qizil, qip-qizil chiroq.

Yasharkansan yonib, kurashib,
Yuragingni chorlar yiroqlar.
Yo‘llaringda yotar qalashib,
Mayda-chuyda qizil chiroqlar.

— Ketdik!..
Ammo militsioner...
— Ko‘rmaysanmi, ukam, berk eshik…
— Mana, qalbim, mayli, teshaver...
Yuragimda sanoqsiz teshik.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

47 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yo'l to'siq chiroq taqiq hayot umr dunyo qonun
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari