Sahifa yuklanmoqda . . .
Ona, kelganingizda
Ko‘ylak olib bermadim...
Pulim yo‘q edi, ona.
Ona, kelganingizda,
Ochilib gaplashmadim...
Vaqtim yo‘q edi, ona.
Ona, kelganingizda
Kulib-kulib yurmadim...
Baxtim yo‘q edi, ona.
Ona, kelganingizda
Yig‘lamadim o‘ksinib...
Haqqim yo‘q edi, ona.
Ona, baxtiyor bo‘ling!
Sizni qo‘llasin taqdir.
Ona, baxt o‘zi nima,
Ona, bebaxtlik nadir?..
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).