Sahifa yuklanmoqda . . .


O‘t yoqdim...

O‘t yoqdim. Tutashdi shoxu shabada —
Gulxanda lang yondi tunning parchasi.
Boqdim — qorong‘ulik yotar dunyoda,
Mening qarshimda-chi, kunning darchasi.

Zulmatda bu tog‘lar ko‘p vahimali!
Ulardan cho‘chibmi yoqqandim gulxan.
Boqsam — o‘ltirishar bolalar kabi,
Gulxanga qo‘llarin toblashib dam-dam...

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

156 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
o't gulxan tog' tun qorong'ulik dunyo zulmat bolalar
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari