Sahifa yuklanmoqda . . .


Xiyonat

Xiyonatning yuzi chiroyli,
Lablarida mayin tabassum,
So‘zlari ham samimiy —
Ayni
Sadoqatday kamtar, kamsuqum.

O‘larimda
Kelar xiyonat,
Mehr kabi qiynar o‘zini.
Xo‘rsingancha —
Do‘stday beminnat —
Yumib qo‘yar ochiq ko‘zimni.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

47 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
xiyonat sadoqat chiroy yuz o'lim ko'z so'z mehr
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari