Sahifa yuklanmoqda . . .


Chopqir-chopqir yellarga...

Chopqir-chopqir yellarga
Havas qilgandim, ammo
Toshga oyoq qo‘ysam ham
Tizgacha botib ketdim.
Dunyo, tinch kunlar ber deb,
Qilgan edim iltijo —
Tinchligimni olovning
Bag‘riga otib ketdim.
Do‘stlaring imonini
Sotishdi, sen — baxtlisan,
Baxtlisan — dunyo kiysa
Oqmi, qorami kiyim.
Balki sen ham haqlisan,
Balki sen ham haqlisan,
Sen shuncha haqlisanki,
"Ablahsan" deyish qiyin...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

28 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
havas dunyo hayot umr haqiqat tinchlik do'st imon
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari