Sahifa yuklanmoqda . . .


Rivojlanish

Tunni tong o‘ldirdi,
Tongni shom o‘ldirdi.
Shomni bo‘g‘di tun...
Nima uchun?
Nima uchun,
Shomning qo‘li qon...
Tongning qo‘li qon...
Bor-yo‘g‘i bir qadam qo‘ydingmi,
Beshafqat zamon?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

32 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
rivojlanish taraqqiyot qurbonlik tun tong shom qon qadam
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari