Sahifa yuklanmoqda . . .


Dedilar: yashamoq — umrlik kurash...

Dedilar: yashamoq — umrlik kurash...
Kurashdim — shon uchun, rizqu ro‘z uchun.
Kurashdim sevgi deb — ko‘ksimda otash,
Kurashdim — qush kabi erkin so‘z uchun.

Umrim o‘tib ketdi jang-jadal aro —
Qalb orom bilmadi, tinmadi qo‘lim...
Bugun bir seskanib tanidim — evoh,
Raqibim, nahotki, sen eding, o‘lim?

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

50 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yashamoq o'lim umr kurash shon rizq sevgi so'z
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari