Sahifa yuklanmoqda . . .


Yirtilgan xat parchasi

Oh, qanotli yaralganlar
Yetmagaylar falakka...
Ona, mening qanotimni
Bo‘ron toldirgani yo‘q,
Ona, mening qanotimni
Ag‘yor yondirgani yo‘q.
Ammo, ona, bir siqim kul
To‘zg‘ib uchar yurakda.
Havolarga bog‘lagandim
Yuksak bayotlarimni,
Samolarga chog‘lagandim
Uchqur xayollarimni —
Ona, mening qanotimni
Ag‘yor sidirgani yo‘q,
Uchish shavqi o‘tga soldi
Gulday qanotlarimni...

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

28 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ona xat qanot falak bo'ron ag'yor yurak havo
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari