Sahifa yuklanmoqda . . .


Vaqt kelar — dunyoning boqchalaridan...

Vaqt kelar — dunyoning boqchalaridan Tutunday tarqaydi o‘lik xitoblar. Zamonning yuksak did tokchalaridan Yiqilib tushadi yolg‘on kitoblar. Yillarning oldida aldoqlar xordir! Mangulik — qalblarda yarq etgan hayot. Na unvon, na shuhrat, na mansab bordir, Faqat hayot bordir, ey Adabiyot! Haqiqat shamoli guvlasa shitob, To‘zg‘isa, yorilsa maqtov ko‘pigi. Ko‘rinar — beshafqat satrlar aro — Yetgani kimlarning qoni to‘kilib. O‘zining suratin taniydi hayot.... "Bu — men..." deb eng odil so‘zni aytadi. Kimdir eshitgisi kelmagan bayot Uning tillariga o‘ynab qaytadi. O‘sha kun besh qo‘lday bo‘ladi ayon — Chetga qocholmagay hech kim talpinib — Kimlar el-yurtiga baxsh etgandir jon, Kimlar o‘ldirgandir ona xalqini. Sizning vaqtingizni olmayman bekor, Axir, har bir satr so‘mli, tiyinli... Ammo she’r so‘ngida bir savolim bor: Vijdon bilan yashash shuncha qiyinmi?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

65 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dunyo hayot vijdon vaqt zamon kitob adabiyot so'z
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari