Sahifa yuklanmoqda . . .


Sarbadorlar qo'shig'i

Bizning dilimiz — yorda.
Bizning qo‘limiz — korda,
Koru yordan ayrilar —
Torting boshimiz dorga!
Torting boshimiz dorga!

Dilga bog‘liq so‘zimiz,
Yor yo‘lida ko‘zimiz.
Yo‘lu dildan ayrilar,
Qarang, dorda o‘zimiz,
Qarang, dorda o‘zimiz,

"Qayt" dedingiz, "qalb" dedik,
"Ayt" dedingiz, "haq" dedik.
Boshimiz dorda turib
"Jon" demadik, "xalq" dedik.
"Jon" demadik, "xalq" dedik.

Yigit, ko‘ngli tor yigit,
Janglarda yo‘q, xor yigit.
"Sar ba dor!"— de,— xitob qil,
Topiladi dor, yigit,
Topiladi dor, yigit,

G‘ayrati bisyor yigit,
Gunohga hushyor yigit,
Xafa bo‘lma, o‘ksima,
Imon ham bir dor, yigit.
Imon ham bir dor, yigit.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Aprelda yuklangan

33 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sarbador yigit haq jon qurbon xalq qalb dor
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari