Sahifa yuklanmoqda . . .


Tovusday yaltiroq, ey go‘zal yirtqich...

Tovusday yaltiroq, ey go‘zal yirtqich!
Mana, ko‘ksimni yirt, mana, qonim — ich!

Ko‘yingda shamolday jismim sovrilgan,
Falakda yangi oy — mening qovurg‘am.

Adashgan qovurg‘am! Allatovur g‘am
Sensiz yuragimga qadalar dam-dam.

Dam-dam ko‘ksim tuman, dam-dam ko‘zim nam,
Kelmasang — o‘laman, kelsang — o‘laman.

Ko‘ksimga qo‘ydimmi, qovurg‘am — yirtqich...
Mayli, ko‘ksimni yirt, mayli, qonim ich!..


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Aprelda yuklangan

33 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
go'zal tovus qovurg'a yurak bag'ir qon g'am o'lim
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari