Sahifa yuklanmoqda . . .
O'lim - Asarlar - o'lim so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
O‘lgin deding — Yerga ko‘mding — Ildiz bo‘ldim. Ko‘kka otding — yo‘q bo‘l deding — Yulduz bo‘ldim. Tilim kesding — dilim aytdi — Rost kalima... Qiyin bo‘ldi senga sho‘rlik Dushmanim-a!
Umr magar shamol erur — O‘tib ketar, o‘tar-o, "Huy" deguncha manziliga Yetib qolar davronim...
— Haykal,— dedim,— sen ko‘rsatgan tomonga borib keldim. Hech narsa yo‘q. Qo‘lingni tushiraver endi. Qo‘lini tushirishdan uyalib, jim turaverdi haykal...
Kechirgin — ko‘yingda adashganimni, Kechirgin — ko‘yingda tinmaganim-chun, Kechirgin — erk uchun taloshganimni Va erk senligingni bilmaganim-chun.
Qizg‘aldoqlar gulxaniga Isingani ketdim men... Gulxanning eng ulkaniga O‘lmay turib yetdim men.
Mening ko‘kragimda otlar chopadi, Mening ko‘kragimda beayov qirg‘in. Ming bitta yuragim o‘lim topadi, Ming bitta hayotim bo‘ladi surgun.
Ne qilay? Yurakdan bo‘shadi tanim, Najot — ko‘nishdami, najot — o‘lishda?.. Azizim, azizim, azizim manim, Ayt, qachon ulgurding jonim bo‘lishga?
Sohilini qayraydi dengiz. Tun-kun qayrar kimning qasdida? Qorong‘u bu kechada sassiz Kim o‘ynaydi uni dastida?
Kunduzlar kechaga aylanib qoldi, Yana boshimizga yugurdi to‘fon. Sendan ayrildimu... Sen bilan qoldim — Yomon.
Ish. Choy. Suhbat. Ovqat. Yana ish. Hamma narsa o‘ylangan. Puxta. So‘ng sen kelding. Boshlandi yonish Muvozanat yo‘qoldi. Nuqta...
Qishga "xayr-xo‘sh"ni iymanib aytdi, Bahorga — ko‘ngli bor — nim jilmaydi mart. Mening ketgan do‘stim bir tunda qaytdi, Bir tunda kurtakni yorib chiqdi barg.
O‘lim bordir — tiriklik yuksalishda doim hushyordir. Tiriklarga tiriklikdan jabr-u sitam lek bisyordir. Qaro tuproqqa kirmoqdan endi men ne uchun qo‘rqay— Qaro yerning tagida sen kabi bir yaxshi do‘st bordir.
Zanjirband it huradi, Tunga qarab g‘ingshinar... Gulbutaning tagida O‘ltiradi ajina...
Barcha ertaklarning Qahramoniman. Ertakda yashamoq — O, naqadar soz. Parqu bulutlarning Oppoq yonidan, "Uchar galam"larda Qilaman parvoz.
Endi bizga ishq yo‘llari xatarlidir, Ma’yuslidir, og‘riqlidir, kadarlidir, Ibtidomiz intihodan xabarlidir, Quvonchi oz, g‘ami o‘lim qadarlidir.
Xayr-xo‘sh yo‘q — jo‘nayman bexos Sog‘inchning hur so‘ziga ko‘nib. Boysun menga chiqadi peshvoz Oqdovonda boychechak bo‘lib...
Qahru g‘azab sovrildi elga — Eldan uni qilmayman talab. Endi rahmim kelgani kelgan Noto‘kis bu dunyoga qarab.
Sizga zarracha yo‘qdir hasadim, Faqat turnalarga qalbimda havas. Ular o‘tar ekan, tirik jasadim Tub-tubida ruhim qo‘zg‘alar besas.
Bu yerda faqat tun. Faqat tun. Tun. Tun... Azobi — qabrga borishdan uzun. Qahraton muallim beradi ta’lim — "Stalin bilmaydi, o‘rtoq Stalin"...
Derazamda ikki qush Suhbat qurdi o‘zicha: — O, naqadar odobli, Kamtar maxluq musicha!..
Iztirobdan Yurak yuksalib borar, Teranlashib borar, Borar kenglashib, Go‘shtlikdan Asabga aylanib borar...
Bu dunyodan ketganimmi, Bu dunyoga qaytganim, Tillarimdan to‘kilgan so‘z — Boychechakning aytgani.
Tovusday yaltiroq, ey go‘zal yirtqich! Mana, ko‘ksimni yirt, mana, qonim — ich! Ko‘yingda shamolday jismim sovrilgan, Falakda yangi oy — mening qovurg‘am...