Sahifa yuklanmoqda . . .


O'ttiz sakkizinchi yil. Lager

Bu yerda faqat tun. Faqat tun. Tun. Tun... Azobi — qabrga borishdan uzun. Qahraton muallim beradi ta’lim — "Stalin bilmaydi, o‘rtoq Stalin"... Kuzdan bahorgacha Tayga zim-ziyo. Muzlab o‘lmadingmi, O‘rta Osiyo? Qalbing-ku qamaldi, yitdi, otildi, Kimlar ig‘vo yozdi, kimlar sotildi. — To‘xtagin, otaman! — hayqirar nozir... "Stalin bilmaydi, bilsaydi hozir..." Kimga keraksan, ey sabil qolgan jon? Bir balo bo‘ladi! Qaynayapti qon. Tikan sim! Nimasan? Kimsan o‘zi? Kim? Badanni tikaning tiladi sim-sim... Boshimga engashar yoshgina soqchi... — Soqchi, o‘lmadimmi, ko‘zimga boq-chi!... Toshkentda bir ayol pichirlar g‘amgin: — Stalin!... Bilmaydi o‘rtoq Stalin...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

35 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
lager tun azob muallim stalin hayot o'lim tikan
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari