Sahifa yuklanmoqda . . .


Sizga zarracha yo‘qdir hasadim...

Sizga zarracha yo‘qdir hasadim, Faqat turnalarga qalbimda havas. Ular o‘tar ekan, tirik jasadim Tub-tubida ruhim qo‘zg‘alar besas. Yuragim ko‘ksimga qaytib qo‘nadi, Baxtli shamollarda yarqirar manglay... Shunday ozod qushlar qanday o‘ladi, Shunday ozod qushlar yashaydi qanday?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

211 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qush hasad turna ozod yashash hayot o'lim havas
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari