Sahifa yuklanmoqda . . .


Endi bizga ishq yo‘llari xatarlidir...

Endi bizga ishq yo‘llari xatarlidir,
Ma’yuslidir, og‘riqlidir, kadarlidir,
Ibtidomiz intihodan xabarlidir,
Quvonchi oz, g‘ami o‘lim qadarlidir.

O‘rtamizda begonalar nafasi ko‘p,
Poklikning ham, gunohning ham sharpasi ko‘p
Yuraklarning chidib bo‘lmas hafasi ko‘p,
Umr — daryo, har mavji bir ajdarlidir.

"Oh" urarmiz, har "ohi"miz — sariq yaproq,
Ishq bog‘ berdi ikkimizga, tumanli bog‘,
Har bir bargi xazonlikda, har bargi dog‘ —
Najotsiz ishq dami odam yutarlidir.

Qarashingda umid bordir, vido bordir,
Baxtli, badbaxt jo bo‘lguvchi dunyo bordir,
Qo‘rqma, senga meningdek bir fido bordir,
Garchi sevgi ikkimizga zaharlidir.

Yoshlaringni yulduz qilma osmonlarga,
Osmon emas, inson chidar armonlarga,
Kelgin, so‘ng bor ishonaylik yolg‘onlarga —
Ki, sevgining yo‘li mudom saharlidir.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 18-Mayda yuklangan

73 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ishq hayot o'lim xatar ibtido intiho quvonch g'am
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari