Sahifa yuklanmoqda . . .


Qahru g‘azab sovrildi elga...

Qahru g‘azab sovrildi elga — Eldan uni qilmayman talab. Endi rahmim kelgani kelgan Noto‘kis bu dunyoga qarab. Do‘stlarimning aziz boshida Aylanadi qilich soyasi — Erimaydi ko‘zim yoshiga Mustabidlik — shayton qoyasi. Charx uyinin tashlaydiganday... Qatlimga tig‘ qayraydi g‘anim. Go‘yo mangu yashaydiganday, Olmaganday o‘limdan ta’lim. Do‘stim, sening joning beqalqon, G‘anim, nima umrning narxi?.. Bir kun hayot bo‘ladi armon — Sizga rahmim keladi, rahmim! Podshohlarga rahmim keladi, Daholarga rahmim keladi. Fuqaroga keladi rahmim, Bechoraga rahmim keladi. Xaslarga ham rahmim keladi, Pastlarga ham rahmim keladi, O‘qlarga ham keladi rahmim, Yo‘qlarga ham rahmim keladi. Mushti tuguk, rangi bo‘zargan G‘azabkor bu dunyodan toldim. Ezgulikni gulday ko‘targan Ko‘nglim bilan yuzma-yuz qoldim. Bu ochunga qancha gul berdik! Qay tikandan, ko‘ngil, yomonlar?.. Farishtalar gullarni terdi, Gul olmadi ammo shaytonlar.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

68 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qahr g'azab rahm el talab do'st dushman mustabidlik o'lim
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari