Sahifa yuklanmoqda . . .


Derazamda ikki qush...

Derazamda ikki qush Suhbat qurdi o‘zicha: — O, naqadar odobli, Kamtar maxluq musicha! Ana, kezar maydonda Bir jufti — mo‘min, qobil — Topib olishsa bir don Bo‘lishadi teng, odil. Ularga yot jang-jadal, Tumshuq bilan urush yo‘q. Hurpaygancha qo‘rqitib. Qanot bilan surish yo‘q. Rosa o‘tdi jonimdan Parrandalik kuchlari! Musichaga tortsaydi Bu dunyoning qushlari... — O, malikam! Podshohga Bir og‘izlik so‘zingiz — So‘ng qushlarga boqsangiz Lol qolasiz o‘zingiz. Bulbullar ham, quzg‘un ham Bir qafasga joylangay, Bir kechada burgutlar Musichaga aylangay... — Jim bo‘l! Suhbatimizni Shoh bilmasin hech qachon. Musichaga to‘lgusi Bir zumda yeru osmon. Bog‘larda turfa-turfa Sayroqilik so‘nggusi, Musicha sog‘ qolaru Boshqa qushlar o‘lgusi. Jim bo‘l! Esi past kaniz! Toshlarga etgin taqlid... Derazamda ikki qush Suhbat qurdi shu taxlit. Bog‘da esa donlardi Musichalar beparvo. Qarg‘alar qag‘illardi, Bulbul sayrardi hatto...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

225 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
deraza qush malika podshoh musicha qarg'a hayot o'lim
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari