Sahifa yuklanmoqda . . .
Do'st - Asarlar - do'st so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Umr magar shamol erur — O‘tib ketar, o‘tar-o, "Huy" deguncha manziliga Yetib qolar davronim...
Qishga "xayr-xo‘sh"ni iymanib aytdi, Bahorga — ko‘ngli bor — nim jilmaydi mart. Mening ketgan do‘stim bir tunda qaytdi, Bir tunda kurtakni yorib chiqdi barg.
O‘lim bordir — tiriklik yuksalishda doim hushyordir. Tiriklarga tiriklikdan jabr-u sitam lek bisyordir. Qaro tuproqqa kirmoqdan endi men ne uchun qo‘rqay— Qaro yerning tagida sen kabi bir yaxshi do‘st bordir.
Sahro — cheksiz jondor — meni yutadi, Yгtadi to‘rt taraf — to‘rt tubsiz ummon. Tunday fojiamni tunlar kutadi... Xavotir horitdi. Men qurdim qo‘rg‘on.
Qaro tunda — Boysun tog‘ida Uchta do‘stim yoqadi gulxan. Va gulxanning tegarasida Qorong‘ulik zich tortar birdan.
Qahru g‘azab sovrildi elga — Eldan uni qilmayman talab. Endi rahmim kelgani kelgan Noto‘kis bu dunyoga qarab.
Kun botib, oy chiqqanda, Oyday go‘zal juvonni Osmon kabi bag‘rimga Bosib, balandlab ketdim...
Chopqir-chopqir yellarga Havas qilgandim, ammo Toshga oyoq qo‘ysam ham Tizgacha botib ketdim.
Quyosh botib ketdi. Tug‘ilmoqda tun, Hali o‘pilmagan — ma’sum, bokira. Ko‘chada yuribman men nima uchun? Men, axir, o‘lganman, men bir xotira!
Bu odamning ikki qo‘lida ikki qappaygan to‘rxalta, ro‘zg‘oridan boshqa dunyoni bilmaydi bu odam. Bu odam dushman bilan quvongani uchun do‘stlarining yonida g‘amgin.
Sen hali yoshliging bilan ovvora... Men ko‘zni yumdimmi, keladi bosib Ham shonli, ham besha’n, hamda bechora Xotira yukining og‘ir karvoni.
Erta-indin yelar izg‘irin, Yiqiladi bog‘larga tuman. Anglagani yashashning sirin So‘zlashaman yomg‘irlar bilan.
Boysun qirlarida bir o‘zim kezdim, Kuz edi. Daralar tumanni quchgan. Avval eshitgandim. U mahal sezdim, Mening bir do‘stimning chirog‘i o‘chgan.
Ko‘nglim qolgani yo‘q yorug‘ olamdan, Xayolimda yo‘qdir na viqor, na kin. Baribir bir kuni sizdan ketaman - Qayga ketganimni bilmaydi hech kim.
U kulib keladi. U yig‘lay olmas. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yar. Qo‘li qon. Menga uqtiradi: "Do‘stim, qo‘rqma, bas, Bu — shafaq! Ko‘ksimda otayapti tong".
Biz parallel chiziqlarmiz, Uchrashmaymiz hech qachon. Olg‘a qarab talpinamiz, Izma-izmas, yonma-yon.
Ey do'stlarim,bu dunyoda Ortda qolgan iz yaxshi, Bulbuli yo'q bahordan Qumri to'la kuz yaxshi.
Oftobsan, sendan bir soyaman, Ota. Sochni oq, bag`rimni esa bosar g`am. Ona, senga nafim tegmadi hatto, Ostonang qo`rigan kuchugingcha ham.
Izvosh guzardan o‘tib katta ko‘chaga burildi hamki, Yoqubxo‘jadan sado chiqmadi. Boy ikki-uch daf’a hamrohining avzoiga zimdan ko‘z yugurtirdi. Yoqubxo‘janing qaddi unikidan yarim qarich tik, shu bois u o‘tirgan holida ham xiyla salobatli ko‘rinadi. Odamlar, «Yoqubboyning shaxsiy qo‘riqchisi» deb gap tarqatishdi, «Mirkomil uning izmidan chiqmaydi» deganlar ham bo‘ldi.
Menam banda, xudoyimdan bir nur so‘rab yuribman, Atrofim loy, men qalbimni gulga o‘rab yuribman. Do‘stu yor ko‘p, lek baribir azal qonun bittadir: O‘z boshimga yoqqan qorni o‘zim kurab yuribman.
Onang ketsa savlatlaring ketgaydir, Otang ketsa davlatlaring ketgaydir. Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang, Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Ay do‘stijon, ko‘zlaringni bir ko‘ray, Xudo bizga baxt berganmi bilmadim. Mening uchun borligingni o‘zi baxt Dunyo senday gul ko‘rganmi, bilmadim.
Bir halol yumushga bormaydi qo‘li, Har qayda so‘z bilan aybin yopadi. Faqat bir jumlani takrorlar tili: “Yaxshi ot, do‘stlarim, keyin chopadi!”
(E.Vohidovga nazira) Ayo do‘stlar, o‘z holimga yig‘layman-ey, Yig‘lab, shoir yuragini tig‘layman- ey. Bu dunyoda hech she’r mendek xor bo‘lmasin, Xor bo‘lmasin, o‘quvchiga zor bo‘lmasin!