Sahifa yuklanmoqda . . .


Boysun qirlarida bir o‘zim kezdim...

Boysun qirlarida bir o‘zim kezdim,
Kuz edi. Daralar tumanni quchgan.
Avval eshitgandim. U mahal sezdim,
Mening bir do‘stimning chirog‘i o‘chgan.

Osmonga tikildim xayolim og‘ib —
Bir parchasi bulut, bir parchasi ko‘k.
Vaqt degan shuncha tez ketdimi oqib,
Mening yonimda ham endi birov yo‘q.

Toshlarga termildim yuragim to‘lib,
Yo‘q, ular dardini menga aytmaydi.
Hatto huv gazaga bir lahza qo‘nib,
Nogoh uchib ketgan qushlar qaytmaydi.

Do‘stim, qay qo‘shiqni aytmoqchi edik?
Savolim tinglaru, seskanmas zamin...
Men kuylay boshladim nogoh turib tik
O‘zimning dardimu do‘stimning g‘amin.

Yelkamga ohista kaftin qo‘ydi tun.
O‘yladim — kuylamoq tobora qiyin...
Men bugun kuyladim ikkimiz uchun...
Ertaga... indinga... Keyin-chi? Keyin...

Boysun qirlarida bir o‘zim kezdim...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 22-Aprelda yuklangan

38 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
boysun yolg'izlik do'st qo'shiq dard g'am osmon bulut
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari