Sahifa yuklanmoqda . . .


“Yaxshi ot”

Bir halol yumushga bormaydi qo‘li,
Har qayda so‘z bilan aybin yopadi.
Faqat bir jumlani takrorlar tili:
“Yaxshi ot, do‘stlarim, keyin chopadi!”

Egardan tushmagay, tushsa ham otdan,
Bariga bahona, sabab topadi.
Faqat bir jumlani takrorlar yoddan:
“Yaxshi ot, birodar, keyin chopadi!”

Aybini yuziga solmangiz, hay-hay,
Ot bo‘lib teparu, itdek qopadi.
Faqat bir jumlani takrorlar tinmay:
“Yaxshi ot, qarindosh, keyin chopadi!”

Yoshi ham kundan kun ulg‘ayib borar,
U hamon beqaror svudek oqadi.
Faqat bir jumlani so‘ylaydi takror:
“Yaxshi ot, og‘ayni, keyin chopadi!”

“Yaxshi ot” etmishni urmoqda bugun,
Va lekin to hanuz kelmas omadi.
Avvalgi quvvati yo‘q endi uning,
U endi na yurar va na chopadi!..

1976


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 20-Martda yuklangan

268 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
halol yumush qo'l so'z ayb jumla til do'st yaxshi ot
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari