Sahifa yuklanmoqda . . .


Ko‘nglim qolgani yo‘q yorug‘ olamdan...

Ko‘nglim qolgani yo‘q yorug‘ olamdan,
Xayolimda yo‘qdir na viqor, na kin.
Baribir bir kuni sizdan ketaman -
Qayga ketganimni bilmaydi hech kim.

Men ishga boraman, ishdan qaytaman,
Ko‘ksimda yuragim urar - tinmaydi.
O‘g‘limga eng shirin so‘zlar aytaman,
Mening yo‘qligimni hech kim bilmaydi.

Do‘stlar davrasida goh sharob ichib,
Goho og‘u ichib o‘ltiraman jim.
Ko‘chada kezaman odamlar kechib -
Mening yo‘qligimni bilmaydi hech kim.

Tabassum qilaman tanish-bilishga,
Do‘konda navbatga turaman horg‘in.
Hech kimni qo‘ymaydi ortiq tashvishga
Xalaqit bermaydi mening yo‘qligim.

Mening ko‘kragimda enib oqibat,
Kul bo‘lar, sovrilar mayda savdolar,
Unda quyosh kabi lovullab faqat
Ona O‘zbekiston surati qolar.

Savollar bermagin - azobdadir jon,
Yaxshilab yashasang, umr bu - qiynoq.
Qaydan qaytishimni bilaman ayon,
Qayga borishimni bilmayman biroq.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

44 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'ngil olam xayol istak do'st sharob og'u yo'qlik
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari