Sahifa yuklanmoqda . . .
Bahor - Asarlar - bahor so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Yeru ko‘kni ko‘mding ziyoga — Mehru shafqat ko‘rgazding, jabbor. O‘sayotgan har bir gayohda Bandalarga talpinishing bor...
Goh gujum shovullar, goh shitirlar tok, Bu — bog‘da adashgan parishon shamol. Bormisan olamda, yuribsanmi sog‘, Shamolday yo‘llarni yo‘qotgan ayol.
Nogoh sovuq tushdi, Nogoh qor tushdi — Gullagan boqqami, Nodon yurakka. Yashil saltanatim Tush kabi uchdi, Yashil saltanatim Qotdi ko‘lmakda.
Men senga osmonni keltirdim, sevgim, Anov ikki to‘zg‘in buluti bilan, Nimta oyi bilan, Hududi bilan — Men senga osmonni keltirdim, sevgim.
Saratonda gullar o‘ladi, Sarg‘ayadi egasiz tuzlar. Hali qayg‘urmasang bo‘ladi — Hali kuzlar keladi, kuzlar.
U payt palto kiymas edi qish, Qo‘lqopi yo‘q edi qo‘lida, Qish — yamoqli, ardoqli kalish — Oyoq qo‘ysang — qorga ko‘milar...
Qishga "xayr-xo‘sh"ni iymanib aytdi, Bahorga — ko‘ngli bor — nim jilmaydi mart. Mening ketgan do‘stim bir tunda qaytdi, Bir tunda kurtakni yorib chiqdi barg.
Odamgamas, haqqa ishon, Sen kim bo‘lsang — shudir zamon. Ko‘ksingni buz, etgin vayron — Qaytadan bir yurak o‘stir.
Fevralning oxiri. Hali izg‘irin. Hali bosinqirab uxlar bog‘chalar. Yelkalar sog‘ingan bahor yomg‘irin, Xushnud qanot qoqib uchar zog‘chalar.
Shamolning bag‘rida bog‘man — devorim yo‘qqa o‘xshaydir, Dovullar silkitib ko‘rdi — g‘uborim yo‘qqa o‘xshaydir. Bu sahrodir mening qasdimda har dam bostirib kelgon, O‘zimman bir biyobonda — qatorim yo‘qqa o‘xshaydir.
Bahor o‘tdi. Ko‘kda ko‘rinmas bulut, O‘rimga chog‘lanib sarg‘aydi dala. Men o‘n kun yashadim yoningda kulib, Endi fursat yetdi ketishga, ona.
Shoirlar erta tug‘iladilar. Bahorning to‘ng‘ichi — boychechakday. Shoirlar armon bilan o‘ladilar, Bahorning to‘ng‘ichi — boychechakday.
Ey, mening munisginam, Mehribonim, opajon. Baland tog‘lar bag‘rida Bormisan sog‘u omon?
U bahorni kutdi intizor, Yo‘llariga ko‘z tutdi ilhaq. Quyosh chiqsa, erib bitsa qor, To‘yib-to‘yib o‘ynardi chillak.
Ey do'stlarim,bu dunyoda Ortda qolgan iz yaxshi, Bulbuli yo'q bahordan Qumri to'la kuz yaxshi.
Ko`ngil ma'yus tortdi yilning so`nggida, Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor. Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida, Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.
Ufqning yuzi qizardi sag‘al, Maysa hidi kirdi-ku qonga. Kutgan edim uni ko‘p mahal, Bahor keldi O‘zbekistonga.
Ko‘klam kirib kelar ko‘zlarga, Yiroqlardan kelar shamollar. Husn berar bahor qizlarga, Yashnab ketar bizni tomonlar.
O, bu kecha ajoyib oqshom, Asir etar oyning jamoli. Men xursandman, sarhushman bu dam, Esib turar bahor shamoli.
Eng gullagan yoshlik chog'imda, Sen ochilding ko'ngil bog'imda. Shunda ko'rdi ko'zim bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni.
Mening ko‘nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur, Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog'i ne imkondur. Agar ul qoshi yosiz bog' gashtin orzu qilsam, Ko‘zumga o‘qdurur sarv-u ko‘ngulga g'uncha paykondur. Bahor-u bog' sayrin ne qilaykim, dilistonimning, Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur. Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor, Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur. Boshidin evrulur armoni birla o‘ldum, ey Bobur, Mening na'shimni bori ul pari ko‘yidin aylondur.
Bahor ayyomidur dog'i yigitlikning avonidur, Ketur soqiy, sharobi nobkim - ishrat zamonidur. Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun, Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg'uvonidur. Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin, Magarkim sunning naqqoshig'a rang imtihonidur. Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori, Qading, ey gul, hayotim bog'ining sarvi ravonidur. Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G'aribingg'a tarahhum aylagilkim, andi jonidur.
Navbahor ayyomi bo‘lmish, men diyor-u yorsiz, Bulbul o‘lg‘andek xazon fasli gul-u gulzorsiz. Goh sarv uzra, gahe gul uzra bulbul nag‘masoz, Vahki, menmen gung-u lol, ul sarvi gulruxsorsiz.
Sochimda oq, men bahordan o`tindim: Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim. Qor qo`ynida seni qo`msab o`kindim, Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim. Ko`nglimga ko`k binafshalar sochilsin, Kokiliga tolpopukdan soch ilsin, Boychechakka borar yo`llar ochilsin, Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim...