Sahifa yuklanmoqda . . .


Taxtli ko‘ngil — faqir bo‘lgin...

Taxtli ko‘ngil — faqir bo‘lgin, Baxtli ko‘ngil — haqir bo‘lgin, Bahordan kech — tahir bo‘lgin — O‘zing so‘ng bir chechak o‘stir. Tosh bo‘lmagin — oqib turgin, Goh-goh o‘zni yoqib turgin, Ko‘kka har dam boqib turgin — Umiddan bir pechak o‘stir. Rasmingga boq, ko‘pdir yolg‘on, Yarming — rahmon, yarming — shayton, El koridan tolmaydig‘on— Bilak o‘stir, bilak o‘stir. Bo‘lsin desang el qarindosh, Avval qilgin o‘zingni fosh, Beray desang yolg‘onga dosh — Tilak o‘stir, tilak o‘stir. Odamgamas, haqqa ishon, Sen kim bo‘lsang — shudir zamon. Ko‘ksingni buz, etgin vayron — Qaytadan bir yurak o‘stir.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

39 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'ngil yurak haq odam zamon baxt bahor chechak
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari