Sahifa yuklanmoqda . . .
Shoirlar erta tug‘iladilar.
Bahorning to‘ng‘ichi — boychechakday.
Shoirlar armon bilan o‘ladilar,
Bahorning to‘ng‘ichi — boychechakday.
Boychechak bolalarning dillarida qoladi.
To‘rt devor ichida siqilgan bolalar
Derazadan qorga umidvor boqishar...
Shoirlar bolalarning dillarida qoladi.
Shoirlarga armon bo‘lgan yo‘llardan
Jo‘nab ketishadi isyonkor bolalar...
Shoirlar armondan tug‘iladilar.
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).