Sahifa yuklanmoqda . . .
Goh gujum shovullar, goh shitirlar tok,
Bu — bog‘da adashgan parishon shamol.
Bormisan olamda, yuribsanmi sog‘,
Shamolday yo‘llarni yo‘qotgan ayol.
Sensiz — bahorlarim kuz bo‘ldi manim,
Men sensiz sarg‘aydim,
Men sensiz kuydim,
Bir tirik gulxanga aylandi tanim,
Shu olov ichida bir seni suydim.
Sen — bog‘lar qo‘ynida qiynalgan shamol,
Senga yo‘l bermaydi shoxlar chalkashib...
Yam-yashil bog‘larda adashgan ayol,
Men olov ichida qoldim adashib.
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).