Sahifa yuklanmoqda . . .


Bahor o‘tdi. Ko‘kda ko‘rinmas bulut...

Bahor o‘tdi. Ko‘kda ko‘rinmas bulut,
O‘rimga chog‘lanib sarg‘aydi dala.
Men o‘n kun yashadim yoningda kulib,
Endi fursat yetdi ketishga, ona.

Sohillar taqdiri — ona-bolalik.
O‘rtamizda daryo oqqani-oqqan.
Ona, ketarimda g‘uborsiz kun ham
Yuzimizga yomg‘ir yoqqani-yoqqan...

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

158 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ona bahor bulut o'rim dala bola daryo sohil
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari