Sahifa yuklanmoqda . . .


Bahor keldi O‘zbekistonga

Ufqning yuzi qizardi sag‘al,
Maysa hidi kirdi-ku qonga.
Kutgan edim uni ko‘p mahal,
Bahor keldi O‘zbekistonga.

Qaytishdilar qaldirg‘ochlar ham,
Etishdilar baxtiyor onga.
Yor husnini kashf etdi olam,
Bahor keldi O‘zbekistonga.

Tinchitmadi shodlik tug‘yoni,
Roz so‘yladim oqargan tongga.
Sevinchimning yo‘qdir poyoni –
Bahor keldi O‘zbekistonga.

Qish sovug‘i ketdi ko‘p yiroq,
Dala bog‘lar kirdilar jonga.
Qayta boshdan yashardi tuproq,
Bahor keldi O‘zbekistonga.

Dehqon chiqdi ko‘ksini kerib,
Quyosh tegdi erdagi donga.
Kelinchakdek sochini o‘rib,
Bahor keldi O‘zbekistonga.

Boychechaklar qizday mo‘ralar,
Baxt ko‘z qisar noz bilan menga.
Tole keldi, asli, jo‘ralar,
Bahor keldi O‘zbekistonga.

1972


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

135 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ufq yuz qon bahor O'zbekiston
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari