Sahifa yuklanmoqda . . .


Mening ko‘nglumki...

Mening ko‘nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur,

Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog'i ne imkondur.

 

Agar ul qoshi yosiz bog' gashtin orzu qilsam,

Ko‘zumga o‘qdurur sarv-u ko‘ngulga g'uncha paykondur.

 

Bahor-u bog' sayrin ne qilaykim, dilistonimning,

Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur.

 

Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor,

Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur.

 

Boshidin evrulur armoni birla o‘ldum, ey Bobur,

Mening na'shimni bori ul pari ko‘yidin aylondur.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Sentabrda yuklangan

2989 marta ko'rildi

12 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko’ngul gul g’uncha qon bahor imkon qosh bog’ gasht orzu ko’z o’q sarv yuz qomat visol
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari