Sahifa yuklanmoqda . . .

Asarlar

Asarlar - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

O‘rtamizda behudud yo‘l, Qanotim yo‘q, uchar bo‘lsam. Etmas balki uzatsam qo‘l, Eshitmasman quloq solsam.

13
She'r
Amirqul Po'lkan

Ko‘zlarim pirpirab, Qovog‘im uchib, O‘ychan borar edim tashlab ko‘z qirim. So‘nggi o‘rindiqda bir-birin quchib, Tinglab borar edi ular bir-birin.

17
She'r
Amirqul Po'lkan

Bu yerda quyosh ham fayz bilan botar, Ajoyib sha’n bilan to‘shalar shomlar. Dalalar dengizdek hansirab yotar, Shu yerda yuz ochar kumush rang tonglar.

41
She'r
Amirqul Po'lkan

Shamollar daraxtni bargini uzar, Shamollar qamchilab junjitar tanim. Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar, Kuzning og‘ushida bu kun Vatanim.

15
She'r
Amirqul Po'lkan

Qadrdon do‘stimdan xat oldim bugun, Sibirlik jo‘ramni esladim yana. Onajon, xursand bo‘l farzanding uchun, Farzanding do‘stini kutmoqda, ona!

13
She'r
Amirqul Po'lkan

Nogohonda elitsa uyqu, Gar hushimni chulg‘asa ro‘yo, Zarb bermasa qalbimda g‘ulu, Men orzudan voz kechgum, Dunyo!

18
She'r
Amirqul Po'lkan

O, bu kecha ajoyib oqshom, Asir etar oyning jamoli. Men xursandman, sarhushman bu dam, Esib turar bahor shamoli.

13
She'r
Amirqul Po'lkan

Panohim shu Quyosh va shu Er – Ikkisi bir kunda tug‘ilgan Ikkisi mangudir, yoshi teng, Birisi biriga yo‘g‘rilgan.

14
She'r
Amirqul Po'lkan

Goh tunda ko‘zimni yumdirmas soat, Chamamda, tun dardin soat yutyapti. Aslida sergaklik menga bir odat, Umr o‘tyapti!

19
She'r
Amirqul Po'lkan

Xayol kabi cheksiz u, Qiyg‘iri bor qiyoda. Baxt o‘lkasi asli shu, Mangu yashar dunyoda, U mening muhabbatim! U sening muhabbating!

14
She'r
Amirqul Po'lkan

Men sizni kutaman yillar o'tsa ham, Umidim uzmayman kelmasangiz ham, Kutaman intizor ko'zlarimda nam, Onajon aybingiz bo'lsamda hatto, Sizni kutar edim tunlari tanho.

25
She'r
Feruz Kamol

Jon jonimga singib ketgan, Qon qonimga tinib ketgan, Zamin zari bo'lib turgan, Ona tuproq muqaddassan, Sen azizsan mo'tabarsan.

18
She'r
Feruz Kamol

Goho gumroh goho hamroh bo'ldiniz, Goho kulfat goho ulfat bo'ldingiz, Qiyinchilik o'chog'iga otdingiz, Davlat talashib yurgan do'stlarim.

12
She'r
Feruz Kamol

O'zbegimning yoshlari kelajak avlodlari, Bizga muntazir bugun dunyoning shodliklari, Bizni chorlar bag'riga imkoniyat eshiklari, Buyuk O'zbekistonning shonu shavkati uchun.

11
She'r
Feruz Kamol

Ko'zlarimni yumdim xayolimda sen, Surating ko'zlarimda abadiy qolgan, Menning muhabbatim yolg'onmas gulim, Sensizlikda yurak o'tlarda yongan.

14
She'r
Feruz Kamol

“Mukammal asarlar to‘plami”ning mundarijasi quyidagicha: I tom. «Badoyi’ ul-bidoya», devon. II tom. «Navodir un-nihoya», devon. Birinchi devon tarkibiga barcha lirik janrlardagi asarlar kiritilgan; ammo asosiy qismi g‘azallardir. Ikkinchi devon faqat g‘azallardan tuzilgan. Bu devonlar birinchi marta nashr qilinmoqda.

317
Devon
Alisher Navoiy

Dillarda shubha tug‘ilganda Qulf paydo bo‘lgan. Yuraklar qo‘rquvdan tugilganda Qul paydo bo‘lgan. Hamdard yo‘qligidan Dard paydo bo‘lgan. Dardsiz yuraklarda Gard paydo bo‘lgan.

131
She'r
Xurshid Davron

Jasorat tuyg‘usi yonida Qo‘rquvning nafasi biz bilan. Lojuvard osmonni to‘ldirgan Qushlarning qafasi biz bilan. Biz bilan bobolar armoni, Hadikning hassasi biz bilan. Yurtim deb jon bergan botirlar, Bobolar qissasi biz bilan.

41
She'r
Xurshid Davron

Hamma o‘ngga yursa, chapga yuraman, Hamma o‘tirganda, tikka turaman, Hamma “ha” desa men “yo‘q” deyman, Hamma osh yesa men mosh yeyman, Hamma “oyoq” desa, men “bosh” deyman dedi.

162
She'r
Xurshid Davron

Qayg‘um manim — bir umrlik jo‘ram manim, Yuragimning ich-ichida hujram manim, Oynasidan oyning nuri tushib turgan, Qafasdagi bulbuldayin uchib yurgan, Qayg‘um manim Qayg‘um manim — Tug‘ilmishdan soyamdayin yonimdasan, La ilaha illallohday yodimdasan. Har dam manim jonimdasan, qonimdasan, Yillar, oylar, kunlarimu onimdasan, Qayg‘um manim

0
She'r
Xurshid Davron

Agar taxtda o‘tirsa dajjol, Unga bosh egsang, Ko‘rinmas taxtining poyida Minnatdorona ko‘zyosh to‘ksang gohida Vaqt o‘tib yillar o‘tib Sen ham ozma-oz Dajjolga aylanasan.

22
She'r
Xurshid Davron

Kuni bilan tortishdim Ko‘zi ojiz jo‘ram bilan Bugun hayot haqida. U: «Dunyo Qanday go‘zal ekanini Bilmaysan!» -dedi.

20
She'r
Xurshid Davron

Allohim, rahmdilim, Nima ayb qilgan bo‘lsam, Bilasan aytmasam ham. Sen yoqqan yulduzlardan Nur to‘kilar bag‘rimga, Ammo dildan ketmas g‘am.

20
She'r
Xurshid Davron

Men Garsia Lorka… balki Rauf Parfi … yo‘q-yo‘q, Takuboku … menimcha, Cho‘lponning she’rini o‘qiyotgandim — nigohimni to‘xtatdi so‘zlarning biri… Ko‘z oldim yorug‘lashdi .

23
She'r
Xurshid Davron