Sahifa yuklanmoqda . . .


Qismat

Hamma qilgan ishni qilmayman,
Hamma yig‘lasa yig‘lamayman,
Hamma kulsa kulmayman dedi,
Hamma bilganini bilmayman dedi.

Hamma o‘ngga yursa, chapga yuraman,
Hamma o‘tirganda, tikka turaman,
Hamma “ha” desa men “yo‘q” deyman,
Hamma osh yesa men mosh yeyman,
Hamma “oyoq” desa, men “bosh” deyman dedi.

Ammo xudoning aytgani bo‘ldi:
Bari bir hammaning ishini qildi —

O‘ldi!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

34 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari