Sahifa yuklanmoqda . . .


Ufq

O‘rtamizda behudud yo‘l,
Qanotim yo‘q, uchar bo‘lsam.
Etmas balki uzatsam qo‘l,
Eshitmasman quloq solsam.

O‘rtamizda behudud yo‘l,
Sabotim yo‘q etar bo‘lsam.
Yurakkinam yonar gul-gul,
Taskin topar galga solsam.

O‘rtamizda behudud yo‘l,
Toqatim yo‘q qolar bo‘lsam.
Yo‘lga chiqdim, sen ogoh bo‘l
Va kechirma bunda qolsam!

1976


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

34 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yo'l qanot qo'l quloq
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari