Sahifa yuklanmoqda . . .
Kuni bilan tortishdim
Ko‘zi ojiz jo‘ram bilan
Bugun hayot haqida.
U:
«Dunyo
Qanday go‘zal ekanini
Bilmaysan!» -dedi.
O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.