Sahifa yuklanmoqda . . .
Goho gumroh goho hamroh bo'ldiniz,
Goho kulfat goho ulfat bo'ldingiz,
Qiyinchilik o'chog'iga otdingiz,
Davlat talashib yurgan do'stlarim.
Borimda qadrdon insonim bo'ldiz,
Yo'limni yoritgan chirog'im bo'ldiz,
Omadim yo'g'ida dil zorim bo'ldiz,
Davlat talashib yurgan do'stlarim.
Ishonchimga soya solgan bandalar,
Qanotim qayirgan nokas bandalar,
Menga nahot bo'lolmaysiz daldalar,
Davlat talashib yurgan do'stlarim.
Qaddimni egdingiz aro yo'ldaman,
Ishonchizga ishongan o'ngu so'ldaman,
Molu dunyo o'tkinchi hammadan qolar,
Davlat talashib yurgan do'stlarim.
Feruz Kamol 1993-yil 3-mayda Buhoro viloyatining Shofirkon tumanida tug'ilgan. Ijodkorning ma'lumoti o'rta. Hozirda yosh shoirning bir nechta she'rlarini e'tiboringizga havola etamiz. Yosh ijodkorga esa o'z ustida yanada ishlashni tilab qolamiz.