Sahifa yuklanmoqda . . .


Kuz

Shamollar daraxtni bargini uzar,
Shamollar qamchilab junjitar tanim.
Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar,
Kuzning og‘ushida bu kun Vatanim.

Daraxtlar libosin echarkan asta,
Bo‘y cho‘zib qolishar ufqqa boqib.
Quyosh inib ketar ufqdan pastga,
Yulduzlar termilar chirog‘in yoqib.

Yaproqlar shiviri yo‘q endi bunda,
So‘ppayib turibdi yalang‘och tana.
Daraxtlar mudrashar yulduzli tunda,
Tabiat bizlarni siylar deb yana.

Paymoni to‘lgan chog‘ kuz ham ketadir,
Mangu yaralmagan faslning bari.
So‘ngra qish bog‘larga tashrif etadir,
Shamshiri qayralgan botir singari.

Ko‘p o‘tmay qirlarda o‘t ham unadi,
Bir-birin takrorlar fasl va hayot.
Bahorda kuzakni istab yonadi,
Kuz payti bahorni qumsar odamzod!

1973


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 17-Martda yuklangan

31 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
shamol daraxt barg bog' oltin kuz vatan
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari