Sahifa yuklanmoqda . . .


BUYUK O'ZBEKISTON


O'zbegimning yoshlari kelajak avlodlari,
Bizga muntazir bugun dunyoning shodliklari,
Bizni chorlar bag'riga imkoniyat eshiklari,
Buyuk O'zbekistonning shonu shavkati uchun.

Osmondagi serjilo kamalakka o'xshaymiz
Dunyodagi eng go'zal kapalakka o'xshaymiz,
Yurtboshimiz ishonchlarin albatta biz oqlaymiz,
Buyuk O'zbekistonning orzu istagi uchun.

Yoshlar qanoti bo'lgan kamalak yulduzlari,
Biz yoshlarni bir qilgan kamalakning yuzlari,
Bilim, aql, idrok barchasida ilg'ormiz,
Buyuk O'zbekistonning nurli iqboli uchun.

Umidli yoshlar sizni safimizga chorlaymiz,
Yurtimiz ravnaqiga keling hissa qo'shgaymiz,
Jumlayu jahonlarga baralla madh etgaymiz,
Buyuk O'zbekistonning dovrug' dostoni uchun.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 15-Martda yuklangan

38 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
o'zbek yoshlar kelajak avlod dunyo imkoniyat
Muallif
Feruz Kamol

Feruz Kamol

Feruz Kamol 1993-yil 3-mayda Buhoro viloyatining Shofirkon tumanida tug'ilgan. Ijodkorning ma'lumoti o'rta. Hozirda yosh shoirning bir nechta she'rlarini e'tiboringizga havola etamiz. Yosh ijodkorga esa o'z ustida yanada ishlashni tilab qolamiz.

Batafsil


Yangi She'rlar Feruz Kamol She'rlari Feruz Kamol asarlari