Sahifa yuklanmoqda . . .
Ko'z - Asarlar - ko'z so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Ko‘zimdan ko‘ra Yuragim ko‘proq yig‘ladi. Oyog‘imdan ko‘ra Yugurdi ko‘proq...
Shudgorzorda donlaydi Qarg‘alarning galasi. Tog‘lar boshi tumandir, Xasu xashakda qirov.
Xiyonatning yuzi chiroyli, Lablarida mayin tabassum, So‘zlari ham samimiy — Ayni Sadoqatday kamtar, kamsuqum.
Surat parchasini yerdan ko‘tardim, Bir ko‘z boqar edi menga alamkor. Toshkent bog‘larida xazon tutardi, Daraxtlar ortida kezardi g‘ubor.
Men daryoga qarmoq tashlayman, Ana, baliq — silkir dumini. Men baliqni ozod aylayman, Kechiraman ochko‘zligini.
Qo‘llaringni qo‘limga ber, mehrim o‘tsin, Ko‘zlaringni ko‘zimga ber sehrim o‘tsin. Qattiqroq sev, bor borlig‘im ishqdir mani, Poyimga cho‘k, poyim tillo ko‘shkdir mani.
Men bir kun o‘lganimda Yorimni bir ko‘ray deb, Ochiq qolgan ko‘zimni Yumib qo‘ysinlar dedim.
Fasl tanlamaydi muhabbat, Visol oni bor to‘rt faslda. Sizni men chin dildan sevaman, Siz meni sevmaysiz aslida.
(Hazil) Men dedim: “Yarqillagan Ikki ko‘zingga bandaman”. U dedi: “Sen yerdasan-ku, Men axir osmondaman”
Tongi shafaq osmon bag'rida, Bir ajoyib chiroy ko'rindi, Mo'ltillagan ko'zlar ostida Mittigina ko'z yosh ko'rindi.
Osmonda bir burgut uchib yuribdi, Qanotin silkitar mag‘rur va masrur. Eh, uning ko‘zlari yonib turibdi, Otash nigohida qat’iy bir g‘urur.
Ko‘zlarim pirpirab, Qovog‘im uchib, O‘ychan borar edim tashlab ko‘z qirim. So‘nggi o‘rindiqda bir-birin quchib, Tinglab borar edi ular bir-birin.
Goh tunda ko‘zimni yumdirmas soat, Chamamda, tun dardin soat yutyapti. Aslida sergaklik menga bir odat, Umr o‘tyapti!
Men sizni kutaman yillar o'tsa ham, Umidim uzmayman kelmasangiz ham, Kutaman intizor ko'zlarimda nam, Onajon aybingiz bo'lsamda hatto, Sizni kutar edim tunlari tanho.
Ko'zlarimni yumdim xayolimda sen, Surating ko'zlarimda abadiy qolgan, Menning muhabbatim yolg'onmas gulim, Sensizlikda yurak o'tlarda yongan.
Daralarga qamab qo‘yib bo‘ronlarni, Tinchlantirsam yurakdagi suronlarni. Bir erkalab, bo‘yin to‘ksam rayhonlarning, Huzuringga men o‘zimni keltursaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Umr tushdek izsiz, shitob o‘tayotir, Umidimni yanchib, mutab o‘tayotir. Oy iqida shoshqin oftob o‘tayotir, Shul hajrni men vaslga yetkursaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Ehromlar ham bir kun turob bo‘lar ekan, Koinot ham to‘zg‘ib, xarob bo‘lar ekan. Faqat sevgi mangu va sof bo‘lar ekan, Bilganimni endi senga bildirsaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Ko‘z yoshlarim, shoshilmangiz, ketmang toshib, Qon yurakka malham bo‘lar sho‘r ko‘z yoshi. Quvonchlardan kechib, qayg‘ulardan qochib, She’rlar aytib, yig‘latsaydim, kuldirsaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. Aytgil, hamon bormi shirin arazlaring? Salomatmi orzularing, havaslaring. Qulog‘imdan ketgani yo‘q nafaslaring... Seni yana bir ko‘rishga ulgursaydim, Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim. 1997
O‘qtin-o‘qtin g‘azab otiga minib, Vahshat solar telba Qo‘qon shamoli. Ko‘zlaring qisilib, qulog‘ing tinib, Ajrata bilmaysan yerdan samoni. Uch kun davom etar talotum, qutqu, Uch kun kattalarning tilida duo. Uch kun el taqvoga burkanar butkul, Ramazonda shuncha yodlanmas Xudo.
Osmonimni obod qilgan qamar eding, Balolardan saqlaguchi tumor eding. Ko‘zlarimga mudom ko‘zi xumor eding, Yo‘llarimni yoshing bilan yuvar eding, Meni desa joningni ham berar eding.
Tubida tosh dumalatib soylar o‘tdi, Yelkasida yaraq-yaraq oylar o‘tdi. Qamishlarning boylamida naylar o‘tdi, Sizdan tekkan iztiroblar o‘tmadi, yor, Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
Sevmading san, dilitoshim, Dilimga cho‘kdi qo‘rg‘oshin. Ko‘zimdan toshdi ko‘zyoshim, G‘amkash buloq sevmish mani. Sevmading san, yetolmasdan Sanga termuldim olisdan. Haddan ziyoda yolg‘izman, Netay, tuproq sevmish mani.
Milyon yilda meni yaratdi hayot, Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz. Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv, Quyoshdan ishorat – ko‘z yorar ildiz. Men, axir ularga o‘xshamayman-ku, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Taqdirga tan kerak-ku, ammo, Gohida o‘zimga sig‘mayman. Ko‘nglimda bir tugun muammo – Ko‘nglingda nima bor – bilmayman. Bilaman kipriging har birin, Chizaman ko‘zlaring tasvirin. Vujuding qo‘ynimda, asirim, Ko‘nglingda nima bor – bilmayman.
Hay-hay, uyat, jon o'lan, Kelin keldi, yo'lni och, Ne ko'z bilan ko'rayki, Kelin yarim yalang'och. Sharqning qizi bo'lganda, Bo'lib sharmu hayosi, Bunchalar ochiq-sochiq, Bo'lmas edi libosi...
Mani erim yurib ketdi, Yurak-bag’rim kuyib ketdi, O’zim bilsam go’rga edi, Bu ovoza bo’lib ketdi. Kech keladi ishidan ham, Ayrilganday hushidan ham, Yurganini bilsa bo’lar Ko’rayotgan tushidan ham...