Sahifa yuklanmoqda . . .
Ko‘zimdan ko‘ra Yuragim ko‘proq yig‘ladi. Oyog‘imdan ko‘ra Yugurdi ko‘proq. Qo‘llarimdan ortiq Mehnat qildi u. Lablarimdan ortiq Lablarni sevdi. Vatanni sevdi u Jonimdan ortiq. Ko‘zimni maqtadilar — Oyog‘ini tagini ko‘radi. Qo‘llarimni maqtadilar — Juda mehnatkash. Lablarimni maqtadilar — Og‘izni ochirmaydi. Oyog‘imni olqadilar — Beminnat yugurdak... Yuragim yonidan jimgina o‘tdilar. Qichqirdim: — Hey, qarang, yuragim bor, mana! — Dushman! — dedilar ular. — Dushman — dedilar (o‘ylab o‘tirmay).
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).