Sahifa yuklanmoqda . . .


Shudgorzorda donlaydi...

Shudgorzorda donlaydi Qarg‘alarning galasi. Tog‘lar boshi tumandir, Xasu xashakda qirov. Dara tubiga cho‘kkan, Bulutlarning kemasi, Bir tepaning ustida Yig‘lab turibdi birov, Namxush havo qo‘ynida Ufqlar salqi tortgan, Salt ot serrayib turar Qirlarning adog‘ida. Kuzak osmon qa’riga, Yerning tubiga botgan, Hatto singib ketgandir Salt otning qarog‘iga. Bir tepaning ustida, Yig‘layapti bir odam. Mezonlar suzib o‘tar — Vaqt qushining patlari... Odam kuzakni bosib, Qo‘yolmaydi bir qadam. Bir so‘z aytaman desa, Qimirlamas lablari...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

28 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
shudgorzor don qarg'a tog' tuman inson ko'zyosh ovoz
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari