Sahifa yuklanmoqda . . .


Siz meni sevmaysiz...

Fasl tanlamaydi muhabbat,
Visol oni bor to‘rt faslda.
Sizni men chin dildan sevaman,
Siz meni sevmaysiz aslida.

Siz meni sevmaysiz, bilaman,
Ey, yalpiz gulining singlisi.
Bir ko‘ngil talpinar siz tomon,
Sevgisi keladi, sevgisi.

Yuzungiz olmosdek tip-tiniq,
Ko‘zingiz tish qayrar qatlimga.
"Sevaman" demaysiz, xo‘rsinib,
Sig‘dira olmayman aqlimga.

Ko‘z-ko‘zga tushadi, yonaman,
Yetaman eng ezgu tilakka.
Ko‘zingizdan kirib boraman,
Yurakka...

Bir qizsiz g‘unchadek ochilgan,
Yoqimli jarangdor kulasiz.
Demangu hech qachon "sevaman",
"Sevmayman" desangiz "ko‘rasiz".

Jumbushga keladi bu dunyo,
Ishq desang shu to‘rtta faslda.
Men sizni sevaman va go‘yo
Siz meni sevmaysiz aslida.

Yig‘laysiz. Siqtaysiz. Kulasiz -
Balog‘at yoshining belgisi.
Sizni bir ko‘rganlar - bilasiz,
Sevgisi keladi, sevgisi.

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 16-Aprelda yuklangan

140 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sevgi visol fasl muhabbat ko'ngil gul yalpiz yuz ko'z tilak
Muallif
Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon

Shavkat Odiljon Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Baxt bekati” nomli kitobi chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida faoliyat yuritadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Odiljon She'rlari Shavkat Odiljon asarlari