Sahifa yuklanmoqda . . .


DILDOR KO'RINDI

Tongi shafaq osmon bag'rida,
Bir ajoyib chiroy ko'rindi,
Mo'ltillagan ko'zlar ostida
Mittigina ko'z yosh ko'rindi.

Vujudimni yondirdi lahza,
Sur'atiga xayol ilindi,
Qoshi komon kiprigi nayza,
Najottalab gulob ko'rindi.

Sochlariku go'yo sharshara,
Oluv kabi ummon ko'rindi,
Osmonida bo'lib pokira,
Bir parivash dildor ko'rindi.

Hasratini tuydim ichimdan,
Dardlari ham yaqqol bilindi,
Tarsak urib go'yo yuzimdan,
Bir parivash dildor ko'rindi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2018, 20-Martda yuklangan

37 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tong shafaq osmon ko'z ko'z yosh
Muallif
Feruz Kamol

Feruz Kamol

Feruz Kamol 1993-yil 3-mayda Buhoro viloyatining Shofirkon tumanida tug'ilgan. Ijodkorning ma'lumoti o'rta. Hozirda yosh shoirning bir nechta she'rlarini e'tiboringizga havola etamiz. Yosh ijodkorga esa o'z ustida yanada ishlashni tilab qolamiz.

Batafsil


Yangi She'rlar Feruz Kamol She'rlari Feruz Kamol asarlari