Sahifa yuklanmoqda . . .
Mol - Asarlar - mol so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Goh gujum shovullar, goh shitirlar tok, Bu — bog‘da adashgan parishon shamol. Bormisan olamda, yuribsanmi sog‘, Shamolday yo‘llarni yo‘qotgan ayol.
Kunduzlari bedardlik yomon, Kechalari beomon og‘riq. Eshikni och, turibman vayron Derazada sollangan yorug‘.
Tarqab ketdi bulutlar birdan, Itlar oldi o‘zin soyaga. Maysalarni shovshatib, qirga Olov kunlar chiqdi piyoda...
Beshamollik qo‘ynida mudrab, Silqib oqar tumanmi, tutun. Bu harirlik ichida titrab, Bugun ko‘nglim bo‘ladi butun.
Dunyo qotdi beshamollikda. Hayot... battar tortmasin deb dim, Bosh ko‘tardim okopdan tikka: — Hammangizni, dushman, kechirdim!
— Kechalari tushimga Kirib qiynagan, ey, tosh, Muzday, sovuq bag‘rini Menga qiymagan, ey, tosh — Bir gul bo‘lib yoningda O‘tganimdan baxtliman!
Saharning salqinini O‘tga otdi saraton. Sahroning o‘rtasida Shamol qovjirab yondi.
Shamolning bag‘rida bog‘man — devorim yo‘qqa o‘xshaydir, Dovullar silkitib ko‘rdi — g‘uborim yo‘qqa o‘xshaydir. Bu sahrodir mening qasdimda har dam bostirib kelgon, O‘zimman bir biyobonda — qatorim yo‘qqa o‘xshaydir.
Biz uch og‘a-ini edik, Qo‘shchi edik mehnatkash. Akam bir kun yer timdalab, Zerikdimi, dedi:— Bas!..
Ot jonsarak yer tepinar, Uzar tizginni. Tentak shamol olib kelar Jondor isini...
Bir qarab qo’ysang nadir Bizga ham goho sanam. Menga sensiz beqadr Dunyo sanam, dunyo sanam.
Shamoldek beqaror shoir sevgisi, Uning bor davlati - savlati. Sog'inchdan yoqar-u rayhonlar isi, Meni tanlaganing g'alati...
Jimjit qishloqqa jimjitlikni buzib o‘xshovsiz bir devona oraladi. U bir marom va bir ohangda nimalardir deb jar solar, ora-chira jinko‘chaning ikki tomonidagi pastqam uylarga va undan ham pastqam eshiklarga ko‘z tashlab, go‘yo jariga javob kutar edi. Er yuzida paydo bo‘lganidan beri Qishloq bunaqa devonalarni, har turli kelgan-ketganni ko‘p ko‘rgan.
Oddiygina ko‘klam kunlaridan birida O‘zbekovul cho‘ponsiz qoldi. Gap shundaki, yigirma yil mobaynida bu kasbni halol va beminnat ado etib kelgan Norboy bobo tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limiga qatnay-qatnay, axiyri bir amallab qarilik nafaqasini to‘g‘rilab oldi-yu, o‘zining ham rosa joniga tegib yurgan ekanmi, ko‘k hangisini shu kunning o‘zida arzon-garovga sotib yuborgach...
Shamchirog‘im, o‘chib qolma, shamol-ey! Tong otmasdan o‘chsang qanday yomon-ey! Tun qo‘ynida qoldirma sen hech kimni, Nur ko‘rmasa, kaminang ham tamom-ey! Shamchirog‘im, o‘chib qolma, shamol-ey!
Ko‘klam kirib kelar ko‘zlarga, Yiroqlardan kelar shamollar. Husn berar bahor qizlarga, Yashnab ketar bizni tomonlar.
Shamollar daraxtni bargini uzar, Shamollar qamchilab junjitar tanim. Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar, Kuzning og‘ushida bu kun Vatanim.
O, bu kecha ajoyib oqshom, Asir etar oyning jamoli. Men xursandman, sarhushman bu dam, Esib turar bahor shamoli.
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam, Labing yaprog'idan tomganki go'yo qatra bol bo'lsam. Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar, O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.
Yo‘g‘-u borimga bois borliqsan, sevgi, Yagona yordan yolg‘iz yorliqsan, sevgi. Yuragimni tars yorgan lazzatsan, lazzat, Ongimdagi abadiy og‘riqsan, sevgi. Kapalak chang chalganda sochilgan changsan, Chumoli torta kelgan tortiqsan, sevgi. Momo Havo to‘ymagan havosan, harir, Odam Ato so‘ymagan jonliqsan, sevgi. Cho‘kayotib tutganim xassan, men uchun – Sevgilimdan ming karra ortiqsan, sevgi. 1995
Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat qildi Bobur, dersiz, Andoq demangizlarki, muqim ermasmen.
Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur, G'uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur. Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida, Gul uza og'nar, magar, ul ikkining davronidur. O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay, Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur. Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur! Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg'onidur! Lojaram bo‘lg'ay parishon-u havoyi men kibi, Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur. Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur. Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.
O‘qtin-o‘qtin g‘azab otiga minib, Vahshat solar telba Qo‘qon shamoli. Ko‘zlaring qisilib, qulog‘ing tinib, Ajrata bilmaysan yerdan samoni. Uch kun davom etar talotum, qutqu, Uch kun kattalarning tilida duo. Uch kun el taqvoga burkanar butkul, Ramazonda shuncha yodlanmas Xudo.
Mening firoqim-u aning visoli tun bila tong, Bu nav dahrda yo‘q ehtimoli tun bila tong. G'arib zulf-u yuz ermasmukim, jahon eliga, Ko‘runmamish bu ikining misoli tun bila tong.