Sahifa yuklanmoqda . . .


Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur...

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,

G'uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur.

 

Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,

Gul uza og'nar, magar, ul ikkining davronidur.

 

O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay,

Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur.

 

Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur!

Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg'onidur!

 

Lojaram bo‘lg'ay parishon-u havoyi men kibi,

Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur.

 

Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur.

Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Sentabrda yuklangan

897 marta ko'rildi

19 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
gul jamol rayhon g’uncha sir lab zulf yuz davr davron o’q el dard lola sel yer ko’z yosh ko’k ko’ngul
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari