Sahifa yuklanmoqda . . .


Dunyo qotdi beshamollikda...

Dunyo qotdi beshamollikda. Hayot... battar tortmasin deb dim, Bosh ko‘tardim okopdan tikka: — Hammangizni, dushman, kechirdim! Mehru shafqat shamoli esdi, G‘ash arigan mening ko‘nglimdan. Kechirdimu men baland o‘sdim, Qurolni ham otdim qo‘limdan. Kechirimsiz yashaysiz buncha! O‘q otildi. Havo tortdi dim. ...O‘q bag‘rimni teshib o‘tguncha, Hammangizdan uzoq yashadim.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

31 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dunyo shamol dim dushman okop o'q kechirim yashamoq
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari