Sahifa yuklanmoqda . . .
Beshamollik qo‘ynida mudrab,
Silqib oqar tumanmi, tutun.
Bu harirlik ichida titrab,
Bugun ko‘nglim bo‘ladi butun.
Kechalarda ko‘ngli kirlarga
Bugun kulib beraman bardosh.
Xayolimda uchgan qirlarda
Boychechaklar qiladi parvoz.
Kechiraman har xil toshlarni,
Cho‘chimayman har xil soyadan,
Ko‘zlarimdan oqqan yoshlarni
Bugun o‘zim artib qo‘yaman...
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).